«PSJ» Alli transferidan voz kechmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Parijliklar jamoaga yangi murabbiy kelgach unga tanish bo'lgan bir qator transferlarni amalga oshirish ustida bosh qotirayotganidan xabaringiz bor.
Ularning ichida Dele Alli varianti ham mavjud. Pochettino hozirda o'z ishini markaziy zonani kuchaytirishdan boshlamoqchi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, inglizning o'zi ham klubni tark etish fikridan qaytmagan. U etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun sobiq murabbiyi qo'l ostida o'ynashni xohlamoqda.
Biroq London klubi o'z futbolchisini osonlikcha qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Allining «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175