Malinovskiy Belgiyadan tushgan taklifni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

«Atalanta» yarimhimoyachisi Ruslan Malinovskiy joriy transferlar oynasida jamoani tark etishi ham mumkin edi.
Ukraina nashrlarining ma'lum qilishicha, 27 yoshli futbolchiga Belgiyaning «Bryugge» klubidan manfaatli taklif tushgan. Biroq Ruslanning o'zi buni rad etgani ma'lum bo'lmoqda.
Bundan tashqari bergamoliklar rahbariyati ham xavbekni qo'yib yuborish niyatida emas va uning bor e'tiborini hozirgi klubiga qaratishini xohlamoqda.
Ma'lumot uchun joriy mavsum Malinovskiy 16 uchrashuvda maydonga tushib 1 gol va 3 assistni qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171