"Milan" Turin klubi futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

Italiya matbuotining yozishiga qaraganda, «Milan» Turinning "Torino" klubi bilan Sualixo Meyte transferi borasida kelishuvga erishdi va futbolchi mavsum yakunigacha "Milan" safida to'p suradi.
Shartnomaga ko'ra, futbolchini "Milan" keyinchalik sotib olishi mumkin, shu bilan birga xarid qilishdan bosh tortishi ham mumkin.
Meyte bugun - juma kuni shartnoma imzolaydi. Futbolchining tibbiy ko'rikdan o'tishi qoldi xolos.
26 yoshli tayanch yarim himoyachi Meyte «Torino» tarkibida 2018 yildan beri o'ynab keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189