Reshford: «Mening eng katta pushaymonligim...»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 475

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford afsonaviy murabbiy Aleks Fergyusson haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu aql bovar qilmaydigan narsa. Mening eng katta pushaymonligim shuki, men ser Aleks bilan hech qachon ishlash imkoniyatiga ega bo'lmaganman. Ammo, bu hech amalga oshmaydi. U bilan telefonda 10-15 daqiqa suhbatlashish men uchun yoqimli.
U menga doim ko'mak beradi. Boshqalar menga futbolga e'tibor qaratishimni aytganda, agar men bu to'g'ri ekanligiga ishonsam, u meni hamisha qo'llab-quvvatlashini aytadi. Buni eshitish esa juda yoqimli edi»-dedi Markus.
Ma'lumot uchun, angliyalik futbolchi joriy mavsum APLda 17 uchrashuv o'tkazib, 7 gol, 7 assist qayd etgan.
Manba: GoalFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
292