«Liverpul» sobiq futbolchisi: «Manchester Yunayted» turnir jadvalida noto'g'ri joyda turibdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 332

«Liverpul» sobiq futbolchisi Jeyson Makatir Angliya chempionatining joriy mavsumidagi turnir jadvali haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
“Manchester Yunayted” jadvalda eng yuqorida turibdi? Menimcha, klub o'zi uchun munosib bo'lmagan hududni egallab olgan. Bilasizmi, «Byornli» «Yunayted»ga etarlicha qarshilik qila oldi. Shunchaki, ularga birozgina omad etishmadi.
“Qizil iblislar” o'ziga bo'lgan ishonchini va jamoaviy o'yinini sal bo'lsada oshirib oldi. Menimcha, bu mavsumda Sulsher boshqa murabbiylar kabi jarohatlangan futbolchilar bilan muammolarga duch kelmayapti. Ularning hamma futbolchilari yuqori formada. Sulsher jamoasini vaqti-vaqti bilan rotatsiya qilib turibdi. Pol Pogba markazda Matich bilan birga o'ynadi, MakTominey va Fredning ham bu joyga qaytishiga ishonchim komil. Pogba yana chap qanot tomonga o'tib o'ynashi mumkin. Lekin, bilasizmi, sizga shu narsani ayta olamanki, mavsum yakuniga etay deganda “Liverpul” va “Manchester Sity” chempionlik uchun kurashayotgan bo'ladi. Menimcha, “Manchester Yunayted” pastroqqa sho'ng'ib ketadi. Shuningdek, agar «Yunayted»ning «Leyptsig», «PSJ», «Manchester Siti» yoki «Arsenal» bilan bo'lgan uchrashuvlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, “qizil iblislar” o'sha o'yinlari bilan bu erga etib kelishgani yo'q. Shundan xulosa qilyapman. Bilasizmi, katta o'yinlar va jamoada muammoli vaziyatlar vujudga kelganda ular nima qila olishadi?", — dedi Jeyson Makatir.

Bosh sahifaga
265