Futbol sohasida do'stlik memorandumi imzolandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Kecha Qirg'iziston Respublikasining Batken va O'sh viloyati futbol assotsiatsiyalari vakillari Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad Qirg'izistonning mazkur viloyatlari hamda Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyalari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, futbol orqali xalqlar do'stligini yanada mustahkamlash, futbol mutaxassislari va jamoalari o'rtasida o'zaro tajriba almashish amaliyotini yo'lga qo'yishdan iborat.
Qirg'izistonlik mutasaddilar, murabbiy va hakamlardan tarkib topgan delegatsiya dastlab Farg'ona shahridagi “Futbol markazi”da bo'lishdi hamda u erda yaratilgan sharoitlar va viloyat futbol assotsiatsiyasi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif yakunida O'sh va Batken hamda Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyalarining kelgusidagi o'zaro hamkorlik qilish bo'yicha qo'shma Memorandumi imzolandi.

Bosh sahifaga
300