"Real" futbolchisi: Yosh bu muammo emas, raqobatbardosh bo'lmoqchiman
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 287

Modrich «Real» bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqida gapirdi.
Tajribali yarimhimoyachi yaqin orada Madridni tark etmoqchi emas.
«Men klub bilan muzokaralar olib boryapman, barchasi to'g'ri yo'nalishda ketmoqda. Umuman olganda, hech narsa o'zgarmagan. Men shu erda baxtliman, raqobatbardosh bo'lish uchun mashg'ulotlarda ko'p ishlashga harakat qilaman. Yosh bu muammo emas »- deydi Luka Modrich.
Eslatib o'tamiz, 2012 yildan buyon «qirollik klubi»da to'p tepayotgan 35 yoshli xorvatning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi.
Ma'lumot uchun, Modrich joriy mavsum La Ligada 17 o'yin o'tkazib, 3 gol va 1 golli uzatmani o'ziga rasmiylashtirgan.
Manba: GoalFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248