"Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlik bugundan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257

Xorij yig'inigacha bo'lgan mashg'ulotlar "Jar" stadionida o'tkaziladi. Birinchi kungi mashg'ulotda o'tgan mavsumni boshqa klublarda ijarada o'tkazgan futbolchilar ham qatnashishdi. Mashg'ulotni sport direktori Ja'far Irismetov olib bordi. 21 yanvardan yig'in BAAda davom ettiriladi va tez orada yig'inga yo'l oladigan futbolchilar nomi ma'lum bo'ladi.
Birinchi kungi mashg'ulotda quyidagi futbolchilar qatnashishdi:
Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov, Saidazamat Mirsaidov, Hojiakbar Alijonov, Egor Krimets, Anzur Ismoilov, Sherzod A'zamov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Akram Komilov, Marlen Chobanov, Shahzod Azmiddinov, Diyor Xolmatov, Ruslan Roziev, Sherzod Temirov, Humoyunmirzo Iminov, Asad Sobirjonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Abror Ismoilov, Hojimat Erkinov, Dragan Cheran, Ulug'bek Hoshimov, Alisher Odilov, Eren Derdiyok, Igor Sergeev, Shohruh Mahmudhojiev.
Farruh Sayfiev yig'inga ertadan kelib qo'shiladi.
Manba: “Paxtakor” PFK matbuot xizmati
Bosh sahifaga
360