De Bryuyne APLdagi assistlar soni bo'yicha Anridan o'tib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

13 yanvar kuni «Manchester Siti» Angliya chempionatining 18-turi doirasida o'z maydonida «Brayton»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni Kevina De Bryuynening uzatmasidan keyin Fil Foden urdi.
De Bryuyne uchun mazkur golli uzatma APL doirasidagi 75-assist bo'lib, u mazkur ko'rsatkich bo'yicha Terri Anrini ortda qoldirdi. Belgiyalik futbolchi APL assistentlari ro'yxatidan 11-o'ringa ko'tarilib oldi.
De Bryuyne yana bitta goldan keyin 10-o'rindagi Teddi Sheringemga etib oladi.
APL assistentlari ro'yxati (top-10):
1. Rayan Giggz (162).
2. Sesk Fabregas (111)
3. Ueyn Runi (103)
4. Frenk Lempard (102)
5. Dennis Bergkamp (94)
6. David Silva (93)
7. Stiven Jerrard (92)
8. Jeyms Milner (85)
9. Devid Bekxem (80)
10.Teddi Sheringem (76)

Bosh sahifaga
220