"Tottenxem" futbolchisi erkin agentga aylanib, Shomurodovga jamoadosh bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298

Londonning «Tottenxem» qanot himoyachisi Denni Rouz erkin agentga aylanishi mumkin. Talksport nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, klub rahbariyati 30 yoshli futbolchi bilan shartnomani muddatdan oldin bekor qilmoqchi.
Manbaning yozishicha, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino Rouzga ishonch bildirmayapti. Aytilishicha, futbolchining xizmatiga «Latsio» va «Jenoa» klublaridan qiziqish bor.
Eslatib o'tamiz, Denni «Tottenxem» safida 2007 yildan beri o'ynab keladi. Joriy mavsumda u bitta ham o'yinda maydonga tushmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221