"Arsenal" APLning boshqa klubi murabbiyi bilan muzokara olib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 206

Angliyaning «Vulverxempton» klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu faoliyatini Premer-liganing boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, 46 yoshli portugaliyalik mutaxassisning xizmatiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar» vakillari murabbiyning agenti Jorje Mendesh bilan muzokara olib bordi.
Ayni paytda "Arsenal"ni Mikel Arteta boshqarib kelmoqda. «Arsenal» APLning birinchi davrasida omadsiz ishtirok etdi. 17-turdan so'ng «kanonirlar» turnir jadvalining 11-o'rinida borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220