Markinos: «Pochettino ajoyib murabbiy»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223

Frantsiyaning «PSJ» jamoasi sardori Markinos mamlakat Superkubogi doirasida "Marsel" (2:1) jamoasiga qarshi o'yindan keyin yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettino haqida fikr bildirdi.
«Yana maydonga tushish imkoniyat paydo bo'lgani albatta yaxshi. O'yin menga yoqdi, men bugun bor kuchimni sarfladim, bu jamoaga kubokni qo'lga kiritishda yordam berdi. Aslida, bu meni bir paytlar "PSJ"ga o'tishga moyil qilgandi. Endi bizda yangi g'oya va fikrlarga ega yangi murabbiy paydo bo'ldi. Mavsum o'rtasi dramatik o'zgarish uchun eng yaxshi vaqt emas, ammo Pochettino - bu ajoyib murabbiy. U o'zining har bir shogirdi bilan ko'p gaplashadi, har birimizga o'z g'oyalarini etkazadi.
Shuningdek, Tomas Tuxelga jamoa manfaati yo'lida qilgan barcha ishlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuni tan olish kerakki, men o'zim uning rahbarligida jiddiy yutuqlarga erishganman.
Biz «Marsel»ga qarshi kurashlarda hech qachon oson bo'lmasligini angladik. Ammo biz har doim bunday o'yinlarda qatnashishga intilamiz », - dedi Markinos.

Bosh sahifaga
219