Suhrob Berdiev mashg'ulotlarga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

“Qo'qon-1912” jamoasi a'zolari Toshkent shahrida mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini davom ettirishmoqda. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining mashg'ulotlarida bugun yana bir xursandchilik holati kuzatildi. Qo'qonlik muxlislarning sevimli futbolchisi Suhrob Berdiev uzoq davolanishdan so'ng jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi.
Esingizda bo'lsa Berdiev o'tgan mavsumning 21-turidan o'rin olgan “Qo'qon-191” – AGMK uchrashuvida oyog'idan jiddiy jarohat olib safdan chiqqan edi.
To'g'ri Berdiev hali asosiy guruh mashg'ulotlarida to'liq ishtirok etgani yo'q. Shifokorlar hozircha futbolchiga yugurish uchun ruxsat berishmadi, Berdiev xozircha trenajyorlarda tiklanish mashqlarini bajarmoqda. Futbolchimiz bosqichma-bosqich mashg'ulotlarni murakkablashtirib boradi. Asosiysi Berdievning jamoa safiga qo'shilgani bo'ldi.
Biz Suhrobjonni tezroq sport formasini tiklab, yana futbol maydonlarida o'zining chiroyli o'yinlari bilan muxlislarimizni xursand qilishiga ishonamiz. Quyida kechagi mashg'ulotlaridan olingan suratlarni tomosha qiling.

Bosh sahifaga
427