«Borussiya Dortmund» o'z etakchisiga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

«Shtutgart» yarimhimoyachisi Tanguy Kulibali faoliyatini Dortmundning «Borussiya»sida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes Frans Football nashriga asoslanib xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, «asalarilar» 19 yoshli frantsuzni kelasi yozda sotib olishni rejalashtirmoqda.
«Borussiya» rahbariyati Kulibali, jamoani tark etishi mumkin bo'lgan qanot yarimhimoyachisi Jaydon Sanchoning o'rnini egallashiga ishonadi.
Eslatib o'tamiz, «PSJ» tarbiyalanuvchisi Kulibali, joriy mavsum «Shtutgart» safida 14 uchrashuv o'tkazib, 2 golga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212