OAV: Messi Ispaniya superkubogi yarim finalida ishtirok etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

«Barselona» sardori Lionel Messi Ispaniya superkubogining yarim finalidan o'rin olgan «Real Sosedad»ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda "ESPN" nashri xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, argentinalik futbolchi yakshanba kuni bo'lib o'tgan «Granada»ga qarshi La liga bahsida jarohat olgan. U hamon oyog'ida og'riq his qilmoqda. Shu bois, katta ehtimol bilan u «Sosedad»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Messi mavsum-2020/21da barcha musobaqalar doirasida «Barselona» 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.
Eslatib o'tamiz, «Real Sosedad» — «Barselona» uchrashuvi 13 yanvardan 14 yanvarga o'tar kechasi 01:00da bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
365