Vinisiusning Zidan bilan munosabatlari yomonlashgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 279

Madridning «Real» futbolchisi Vinisius Junior joriy mavsumda jamoaning 11 ta uchrashuvida maydonga tushdi, lekin bu bilan braziliyalik futbolchini muntazam ravishda maydonga tushyapti deb bo'lmaydi. Masalan, jamoaning La Ligadagi so'nggi to'rtta o'yinida Vinisius maydonda atigi 21 daqiqa to'p surdi.
AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Vinisius va Zinedin Zidanlarning munosabati yozda EChLning 1/8 final javob uchrashuvida «Manchester Siti» klubiga qarshi o'yinda yomonlashgan.
O'shanda braziliyalik futbolchi Zidan jamoa bilan suhbat o'tkazayotgan paytda uyali telefonidan foydalanib o'tirgan. Sababi, Vinisius asosiy tarkibdan joy olmaganini bilgach, bor e'tiborini uyali telefoniga qaratgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364