Libertadores kubogi. Dastlabki finalchi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226

Libertadores kubogining yarimfinal bosqichi birinchi uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.
Unda «River Pleyt» klubi «Palmeyras»ga mag'lub bo'lib, final yo'llanmasidan mosuvo bo'ldi. Ushbu bosqichda garchi mehmonlar g'alabaga erishgan bo'lsalarda, braziliyaliklar ikki uchrashuv natijasiga ko'ra finalga chiqishdi (3:2).
Endi finalning ikkinchi yo'llanmasi «Boka Xuniors» hamda «Santos» jamoalari o'rtasidagi bellashuvda ma'lum bo'ladi.
"Palmeyras" Braziliya – "River Pleyt" Argentina - 0:2 (0:2) - dastlabki uchrashuv - 3:0
Gollar: Roxas, 29 - 0:1, Borre, 44 - 0:2
"Palmeyras": Ueverton, Gomes (Luan, 41), Markos Rosha (Kushchevich, 81), Alan Emperor, Vinya, Ze Rafael (Emerson, 69), Gabriel Menino, Danilo (Rafael Veyga, 81), Skarpa (Breno, 46), Roni, Luis Adriano.
"River Pleyt": Armani, Roxas, Pinola (Djirotti, 90), Dias, Montiel, de la Krus (Alvares, 87), Anxileri (Kasko, 87), Fernandes, Peres, Borre, Suares.
Ogohlantirish: Roxas (73).

Bosh sahifaga
212