«Real» Kamavinga xaridiga shoshilmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Madridliklar «Renn» a'zosi Eduardo Kamavingani hali beri sotib olmoqchi emas.
Bu jahon futboliga ta'sir o'tkazayotgan umumiy sabablarga bog'liq. «Qirollik klubi» pandemiya sharoitida yo'qotilgan katta daromadni yaqin orada to'ldira olmaydi.
Shu sababli Kamavinga xaridi borasida rahbariyat biroz ortga chekinib turishga majbur. Boshqa bir sabab shundaki, 18 yoshli frantsuz «Real» safiga borib qo'shilishi uchun jamoa EChL pley-offidan muvaffaqiyatli o'tishiga to'g'ri keladi. Eduardo xalqaro maydonlarda o'ynashni niyat qilgan. Ehtimoliy transfer bahorda amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Kamavinga joriy mavsum «Renn» safida 17 uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214