«MYu» o'z futbolchisini rasman sotib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282

«Manchester Yunayted» himoyachisi Timoti Fosu-Mensaning rasman «Bayer» klubiga ko'chib o'tgani ma'lum bo'lmoqda.
Avvalroq nemis klubining futbolchini ijaraga sotib olishi to'g'risida turli xabarlar tarqalgan edi. Biroq Daily Mail xabariga ko'ra tomonlar endi to'liq transfer borasida ham kelishib olishdi. 23 yoshli himoyachi «dorishunoslar» bilan 3 yillik bitim imzoladi.
Manbaning ma'lum qilishicha, «qizil iblislar» Fosu-Mensaning transferidan 2 million evro ishlab olgan.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum futbolchi Premer-liganing 1 uchrashuvida maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199