Neymar superkubokda o'ynaydimi? - Pochettino javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa etakchisi Neymarning jarohati haqida gapirib o'tdi.
«Neymar hozir barchasiga tayyor holatda. U "Marsel"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritiladimi yoki yo'q bu chorshanba kuni ma'lum bo'ladi», - deydi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, Neymar ichki chempionatning «Lion»ga qarshi bahsida to'pig'idan jarohat olib maydonni ko'z yoshlar bilan tark etgan edi.
Ma'lumot uchun, Frantsiya superkubogi doirasidagi «PSJ» hamda «Marsel» jamoalari o'rtasidagi bahs ertaga tunda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194