Manba: «Real Madrid» forvardi sobiq jamoasiga qaytadi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 324

«Real» hujumchisi Luka Yovich «Ayntraxt» ga qaytishi mumkin, bu haqda jurnalist Fabrizio Romano o'zining tvitterdagi sahifasida aytib o'tdi.
Manbaning xabariga ko'ra, 23 yoshli serbiyalik forvard 2020/2021 yilgi mavsum oxiriga qadar Frankfurt klubiga ijaraga ko'chib o'tadi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi «Manchester Yunayted» taklif qilingan, ammo «mankunianliklar» rad etishgan.
Yovich «Real» ga 2019 yilda «Ayntraxt» Frankfurtdan 63 million evro evaziga ko'chib o'gan. 2020 / 2021 yilgi mavsumda forvard turli xil jarohatlar tufayli 13 uchrashuvni o'tkazib yubordi.
Ma'lumot uchun, «Ayntraxt» Frankfurt 15 uchrashuvda 23 ochko to'plagan holda Bundesliga turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
143