«Roma» Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Rimning «Roma» klubi o'zining hujumkor yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirish borasida deyarli kelishuvga erishdi.
Sky Sport Italia nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, klub sport direktori Tyago Pinto va futbolchi o'rtasidagi bo'lib o'tgan suhbatdan so'ng, kelishuvga erishildi.
«Roma» Mxitaryan bilan shartnomasini rasman uzaytirganini yaqin soatlar ichida e'lon qiladi. Ushbu shartnoma muddati 2022 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196