Mourino: "O'yinga ikki kun qolganda ogohlantirishdimi? Meni ikki soat qolganida ogohlantirishgandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 206

Dushanba kuni Angliya Premer-ligasi taqvimida o'zgarish ro'y berdi. «Aston Villa» - «Tottenxem» bahsi koronavirus sababli boshqa muddatga qoldirildi. Shu sababli, APL rahbariyati bu turda «Tottenxem» - «Fulxem» jamoalarining o'rtasidagi qoldirilgan o'yinni o'tkazib yuborishni ma'qul ko'rishdi.
O'z navbatida bu qarorga «Fulxem» ustozi Skott Parker norozilik bildirdi. Joze Mourino esa uning noroziligini tushunmadi.
«Fulxem» o'yinga ikki kun qolganida ogohlantirildi? Jiddiy aytyapsizmi? Ularning hisobida o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun 48 soat vaqt bor. Menga esa ularga qarshi o'yinning boshlanishiga ikki soat qolganida aytishgandi», - dedi Mourino matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212