Isoqjonov "Navbahor" bilan yangi shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

Xabaringiz bor, “Navbahor”ning 27 yoshli tajribali yarim himoyachisi Islombek Isoqjonovning jamoamiz bilan tuzilgan shartnoma muddati o'tgan yili yakuniga etgandi.
Isoqjonov kuni kecha “Navbahor” bilan yangi shartnoma imzoladi. Endi u yangi mavsumda ham “lochinlar” sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, Islombek Isoqjonov 2020 yili “Navbahor” tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib,772 daqiqa harakatlangan hamda bitta golga assistentlik qilgandi.
2021 yilgi mavsumda Isoqjonovning chiroyli o'yinlari va gollari bilan muxlislarga quvonch ulashishiga tilakdoshmiz.
Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213