«Inter» futbolchisi jamoadoshini NBA yulduziga qiyosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 244

Milanliklar yarimhimoyachisi Nikolo Barella o'z jamoadoshi Romelu Lukakuni sobiq NBA yulduzi Shakil O'Nilga qiyosladi.
«Lukaku menga Shakilni eslatib yuboradi. Ularning ikkisi ham o'z jismoniy imkoniyatlaridan qanday foydalanishni bilishadi. Mashg'ulotlar jarayonida Romelu bilan birga bahs olib borish deyarli imkonsiz ish. U maydonda kamida 2-3 futbolchini o'zi bilan birga olib yuradi. Lukaku haqiqiy tug'ma talant», - deydi Barella.
Ma'lumot uchun, Shakil O'Nil faoliyati davomida super katta tanasi orqali ancha mashhur bo'lgan. "Los-Anjeles Leykers" hamda "Mayami Xit"da o'ynagan yulduzning vazni 140 kg, bo'yi esa 213 sm ni tashkil etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202