Kapello A seriyada chempionlik uchun favorit nomini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 295

«Milan», «Roma» va «Yuventus» klublari sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Italiya chempionatining joriy mavsumida qaysi klub chempionlik uchun asosiy favorit ekanini aytdi.
«Mavsum boshidayoq "Inter" favorit ekanini aytgandim. Buni hozir ham tasdiqlashim mumkin.
Konteda yangi o'yinchilar talab qilish uchun sabab yo'q. Boz ustiga, «Inter» evrokuboklardan chiqib ketdi. Mazkur «Inter»ni har bir murabbiy boshqarish istaydi.
Ushbu futbolchilarni boshqarish «neradzurri» uchun muhim omil bo'lishi kerak", – dedi Kapello.
A seriyaning 16-turidan keyin «Inter» «Milan»dan 3 ochko ortda qolgan holda jadvalda 2-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190