Eto’O: "Messi barcha zamonlarning buyuk futbolchisi bo'lib qoladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

«Barselona» sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O sobiq jamoadoshi Lionel Messi to'p bilan ishlash san'ati haqida fikr bildirdi.
«Mening fikrimcha, Messi barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi. Uning o'yinlarini kuzatib turib, uning to'p bilan qilgan muomalasi xuddi mahalladi o'rtoqlari bilan o'ynayotgan tasavvur uyg'otadi.
2005 yili «Yuventus»ni mag'lubiyatga uchratgan o'yinimizni eslayman. Patrik Vieyra bizning raqibimiz edi, u xuddi mening akamdek bo'lib qolgan. O'sha paytda u yuqori saviyali futbolchi edi va top-klubda to'p surardi.
Men unga, "aka, e'tiborli bo'l, kelajakda buyuk futbolchi bo'ladigan bolani ko'ryapsan. U birinchi raqamli bo'lib qoladi. Uning ismi Leo Messi»-degandim. Keyin esa menga Vieyra: «Xavotir olma, hammasini o'z nazoratimga olaman va unga g'amxo'rlik qilaman»-deb javob qaytargandi.
O'yindan so'ng, Vieyra Leoning o'yinidan ilhomlanganini tan olgandi», — dedi Eto’O.

Bosh sahifaga
190