Rio Ferdinand «MYu»ning yangi xaridini Ronalduga qiyosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 422

Sobiq «MYu» futbolchisi Rio Ferdinand klubning yangi transferi Amad Taraore borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Ingliz klubi 18 yoshli Traoreni «Atalanta»dan xarid qilgan bo'lib, ayni paytda uning kelajagiga umid bilan qaralyapti.
«Bu yigitcha bemalol jahon yulduzlari bilan bellashish imkoniyatiga ega. Men unga Ronaldu darajasida bo'lishi uchun ortiqcha bosim yuklamoqchi emasman.
Balki bunga hech kim ishonmasligi ham mumkin. Ammo u o'z ustida ishlashda davom etar ekan biz kelajakda yangi Krishtianuni ko'rishimizga ishonyapman», - deya Rioning so'zlaridan iqtibos keltiradi Goal.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2003-09 yillar davomida «MYu» sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202