Futzal. Osiyo chempionati o'tkazilmasa, O'zbekiston JChda ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2021 yilning 23 mart - 3 aprel kunlari Kuvayt mamlakatida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ammo qit'ada koronavirus bilan bog'liq vaziyat yomonlashib ketsa, turnir butunlay bekor qilinishi mumkin.
Agar qit'a chempionati o'tkazilmasa, Litvada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida Osiyodan reytingda yuqori o'rinni egallagan 5ta jamoa ishtirok etadi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi milliy assotsiatslarga ma'lum qilgan. OFK hisob-kitoblariga ko'ra, 2014-2018 yillardagi musobaqalar natijasida Eron, Yaponiya, O'zbekiston, Tailand va Vetnam jamoalari reytingda yuqori o'rinlarni band etishgan.
Jahon chempionati esa 12 sentyabr - 3 oktyabr kunlariga belgilangan. Unda 24ta terma jamoa ishtirok etadi.

Bosh sahifaga
272