«Lokomotiv»da to'p surgan futbolchi "temiryo'lchilar" safiga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan «Lokomotiv» o'z safini yana bir iqtidorli futbolchi bilan to'ldirib oldi.Ham markaziy, ham chap qanot himoyasida bir tekis o'ynay oladigan Xurshid Muxtorov to'rt yillik tanaffusdan so'ng yana «temiryo'lchilar» safiga qaytdi.
Xurshid Muxtorov katta futboldagi faoliyatini 2015 yil «Qo'qon-1912» safida boshlab, keyinchalik «So'g'diyona»ga yo'l olgan. U 2016 yil bir davra «Loko» sharafini himoya qilib, so'ngra AGMKga o'tib ketgandi.Ushbu futbolchi 2017-2018 yillarni ham AGMK tarkibida o'tkazib, 2019 yil «Nasaf» hamda 2020 yil «Navbahor»da faoliyat yuritdi.
Manba: @LokomotivUzbFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261