Muhim bahs oldidan «Real»da jarohatlanganlar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321

Madridning «Real» klubida Ispaniya superkubogi yarim finalining muhim bahsi oldidan yo'qotishlar bor.
Klub himoyachisi Dani Karvaxal hamda hujumchi Luka Yovichlar muskullari bilan bog'liq muammolar sabab jamoasining superkubok doirasidagi «Atletik»ka qarshi bahsini o'tkazib yuboradi.
Hozirda ular individual tarzda mashg'ulotlarni olib borishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya superkubogining «Real» hamda «Atletik» jamoalari o'rtasidagi yarim final uchrashuvi ertaga 14 yanvar kuni tunda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
160