"Vest Xem" Milikka qulay taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

Londonning «Vest Xem» jamoasi «Napoli» hujumchisi Arkadiush Milik bilan shartnoma imzolamoqchi. Londonliklar polshalik to'purarga qulay taklif yuborishdi. Bu haqda Domenica Sportiva nashri xabar bermoqda.
«Vest Xem» Milik uchun yiliga 7 million evro to'lashga tayyor. Bu futbolchining o'zi «Yuventus»dan talab qilgan maoshdan ham ko'proq.
Milikning «Napoli» bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida yakunlanadi, biroq, futbolchi yanvar oyidayoq jamoani tark etmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
158