Anchelotti: "Golni nishonlamaslik? Undan ko'ra gol urmaylik?!"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238

Angliyaning «Everton» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan APL futbolchilariga berilgan tavsiyalar samaradorligini shubha ostiga qo'ydi.
Koronavirus tarqalishini oldini olib maqsadida, futbolchilarga kiritilgan goldan so'ng, uni nishonlash uchun bir-biri bilan quchoqlashmasliklari maslahat berildi.
«To'g'risini aytganda, golni nishonlashni ta'qiqlaydigan hech qanday qoidalar yo'q.
Biz haqiqatdan ham Premer-liga taqdim etgan protokolga qat'iy amal qilyapmiz. Agar APL golni nishonlamaslikni va futbolchilar bir-birlarini quchoqlamasliklarini aytadigan bo'lsa, u holda bu ishni amalga oshirmaymiz.
Yoki bo'lmasa shunchaki gol kiritmaymiz, shunisi yaxshi bo'ladimi? Gol urmagan taqdirdagina nishonlmasak mumkin», – dedi Anchelotti.

Bosh sahifaga
160