"Milan" himoyachisi A Seriyaning boshqa klubiga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267

Italiyaning «Fiorentina» klubi «Milan» himoyachisi Andrea Kontining transferi borasida muzokaralarni boshladi.
«Fiorentina» rahbariyati «rossonerlar» va futbolchining vakillari bilan shu haftada muzokaralarni davom ettirishadi. «Fiorentina» Kontini keyinchalik sotib olish huquqini o'zida saqlab qolgan holda, ijaraga olishi kutilmoqda.
Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining narxini 7 million evro atrofida baholamoqda. Joriy mavsum Konti "Milan" tarkibida 4 ta o'yinda ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
158