"Arsenal" "Norvich" futbolchisini sotib olishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242

Londonning «Arsenal» klubi «Norvich» yarim himoyachisi Emiliano Buendiya uchun kurashdan chiqdi. Bu haqda Angliya matbuoti xabar tarqatmoqda.
«Kanareykalar» «kanonir»lardan o'z futbolchisi uchun katta miqdorda tovon puli talab qilgan va «Norvich» o'z futbolchisi bilan 40 million funt evaziga xayrlashishini ma'lum qilgan. Ayni paytdagi moliyaviy muammolar tufayli «Arsenal» bunday miqdorda transferni amalga oshira olmasligini ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, Buendiyaning xizmatiga «Valensiya» klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159