"Liverpul" ko'z ostiga olib qo'ygan himoyachi uchun kurashga "Yuventus" va "Chelsi" qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

Frantsiyaning «Lill» himoyachisi Sven Botmanga Evropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda.
«Yuventus» va «Chelsi» klublari niderlandiyalik iste'dodli futbolchi uchun kurashni boshladi. Bu haqda Italiya matbuot xabar tarqatmoqda.
Transfermarkt portali Botmanning transfer narxini 25 million evro atrofida baholamoqda. Futbolchining «Lill» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyida yakunlanadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Botman borasida «Liverpul» muzokaralarni boshlaganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
158