"Arsenal" himoyachisi La Ligaga ko'chib o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 619

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Sokratis Papastatopulos faoliyatini Ispaniyada davom ettiradigan bo'lib turibdi.
Ispaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 32 yoshli himoyachi «Betis» klubiga ko'chib o'tishga yaqin turibdi. Ispanlar gretsiyalik futbolchi bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma tuzishga tayyor. Ayni paytda tomonlar muzokara olib borishmoqda.
Sokratis londonliklar tarkibida 2018 yildan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda gretsiyalik futbolchi APL doirasida bitta ham o'yinda maydonga tushmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221