Yorqin Nazarov "Andijon"da ish boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

Futbolchilik faoliyatida "Paxtakor", "Bunyodkor" va Qozog'istonning bir qator klublarida o'ynagan Yorqin Nazarov keyinchalik o'zini murabbiylik sohasida sinab kelayotgandi.
Yorqin Nazarov so'nggi paytlarda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi akademiyasida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi.
Kuni kecha "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev jamoaga yangi yordamchi murabbiy kelishi haqida aytgandi. Bugungi mashg'ulotlarda Yorqin Nazarov "Andijon" futbolchilarini shug'ullantirayotganiga guvoh bo'ldik.
Endi "Andijon" jamoasida Otabek G'ulomxo'jaevga Doniyor Usmonov, Sherzod Sharipov va Yorqin Nazarovlar yordam berishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217