«Napoli» a'zosida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321

Italiyaning «Napoli» klubi hamda Nigeriya milliy terma jamoasi hujumchisi Viktor Osimxenning koronavirus uchun topshirgan testi musbat natija bergan.
Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, futbolchida infektsiya 2 yanvar sanasida aniqlangan bo'lib, u bu hafta yana qaytadan test topshiradi.
Hozircha Viktor ikkinchi natijani kutgunicha izolyatsiyada bo'lib turadi.
Eslatib o'tamiz, Osimxen neapolliklar safiga o'tgan yil "Lill"dan kelib qo'shilgan bo'lib joriy mavsum 6 ta uchrashuvda 2 gol va 1 assistni qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223