«Yuventus» «Sassuolo»dan o'yinchi oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223

Italiya milliy terma jamoasi va «Sassuolo» klubi hujumchisi Janluko Skamakka faoliyatini Turinda davom ettirishi mumkin.
Sport Italia ning xabar qilishicha, «Yuventus» 22 yoshli futbolchini kelasi yil yoziga qadar ijaraga olishni reja qilmoqda. Futbolchi hozirda ijara asosida «Jenoa»da to'p suradi.
Ma'lumot uchun, Skamakka joriy mavsum genuyaliklar safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 gol va 1 assistni qayd etgan. Uning ayni damdagi transfer narxi 20-25 millionni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226