«Chelsi» futbolchisini «Milan» nishonga olgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Milanliklar «Chelsi» himoyachisi Fikayo Tomori o'yinlariga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, Fikayo «aristokratlar»ning asosiy transfer maqsadi emas. Ular «Strasburg» a'zosi Moxamed Simakan varianti mabodo o'xshamay qolsa «Chelsi»ga rasmiy taklif jo'natmoqchi.
Tomori londonliklar safida 2017 yildan beri o'ynab keladi. Uning klub bilan ammaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Fikayo joriy mavsum «Chelsi»ning bitta uchrashuvida maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221