Mourino: "O'yin bo'lishi haqida menga hech kim aytgani yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

Londonning "Tottenxem" klubi ustozi Joze Mourino APLning 18-turi doirasida "Aston Villa"ga qarshi o'yin o'z vaqtida bo'lib o'tishi haqida fikr bildirdi.
"Chorshanba kuni. Menga biror inson o'yin bekor bo'lganini yoki o'z vaqtida o'tishini aytmadi. Biz o'yinga doimgidek tayyorgarlik ko'ryapmiz. Agar yangilik bo'lsa, birinchi bo'lib men eshitaman, bundan xavotirda emasman", - dedi Mourino.
Eslatib o'tamiz, "Aston Villa" jamoasida tarkibida koronavirus bilan bog'liq muammolar mavjud.
Avvalroq "Tottenxem"ning APL 16-turi doirasida "Fulxem"ga qarshi o'yini qoldirilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205