"Barselona" prezidentligiga kurashdan to'rt nafar nomzod chetga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Kataloniyaning «Barselona» klubiga bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari uchun kurashda to'rt nafar nomzod chetga chiqdi. Bunga sabab nomzodlik ovozlari etishmasligi bo'ldi, deya xabar bermoqda RAC 1.
Prezidentlikka nomzoddan Xordi Farre, Fernandes Ala, Agusti Benedito va Pepe Rieralar o'z nomlarini olib tashlashdi.
Ko'rinishidan kurash besh nafar nomzod o'rtasida kechadi. Bular - Joan Laporta, Viktor Font, Toni Freyksa, Emili Russo va Xavi Vilajoana.
Ularning orasida Joan Laporta etakchilik qilmoqda. Laporta avval «Barselona» prezidenti bo'lib 2003 yildan 2010 yilgacha ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182