Otabek Shukurov BAA chempionatining dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomzodlari safiga kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218

Birlashgan Arab Amirliklari professional ligasi dekabr oyining eng yaxshi o'yinchisi sovriniga da'vogar futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Undan besh nafar futbolchi o'rin oldi: Otabek Shukurov ("Sharja"), Abdulla Romazon ("Al-Jazira"), Rayan Mendes ("An-Nasr"), Ramon Lopes ("Xorfakkan") va Pol Goss Amboku ("Al-Vahda").
Otabek Shukurov maydon markazida o'zining kuchli o'yini orqali jamoasining g'alabalariga muhim hissa qo'shmoqda. O'zbekistonlik futbolchi o'tgan oyda barcha 4ta o'yinda maydonga tushdi. Bu bahslarning 3tasida "Sharja" g'alaba qozondi va chempionat peshqadami bo'lib turibdi.
"Sharja" ustozi Abdulaziz al-Anbariy esa dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi nominatsiyasiga da'vogar sifatida kiritildi.

Bosh sahifaga
175