Paulo Dibala 3 haftaga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda turinliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Argentinalik futbolchining tizza bo'g'imidagi payi jarohatlangani ma'lum bo'ldi. Uning tiklanishi uchun 2-3 hafta vaqt ketadi.
Dibala mazkur jarohat tufayli "Yuventus"ning A seriya doirasida "Inter" (17 yanvar) va Italiya superkubogi doirasida "Napoli" (20 yanvar)ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
27 yoshli Paulo joriy mavsumda "Yuventus" safida barcha musobaqalar doirasida 16ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. Uning "keksa sinora" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268