Simeone klubning bo'lg'usi transferi haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone klubning yaqinda amalga oshishi kutilayotgan yangi transferi haqida so'nggi xabarni berdi.
Argentinalik mutaxassis «Lion» forvardi Mussa Dembelening «matraschilar» safiga deyarli o'tganini tasdiqlamoqda.
«Biz hali muzokaralarni to'liq yakunlamadik. Biroq, so'nggi bosqichdagi kelishuv shartlari muhokama qilinmoqda. Yaqin kunlar ichida Mussa jamoa safiga kelib qo'shiladi», - deydi Simeone.
Eslatib o'tamiz, bundan avvalroq «Atletiko» Dembeleni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228