«Andijon»: Yig'in davom etmoqda. Tarkibda kimlar bor?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

«Andijon» tarkibni butunlay boshidan shakllantirgani bois yig'inga yuzlab futbolchilar jalb qilindi. Bir necha nazorat uchrashuvlari davomida futbolchilar saralab olindi va saralanishda davom etmoqda.
Hozirda mashg'ulotlarni davom ettirayotgan futbolchilar bilan tanishing:
O'tgan mavsumda «Bunyodkor» jamoasida harakat qilgan darvozabon Jasur Umrzoqov hozirda jamoamiz mashg'ulotlarida qatnashmoqda. Yana bir darvozabon, «Andijon» jamoamiz sharafini himoya qilgan Javohir Qilichev ham yig'inida ishtirok etmoqda. Shuningdek, «Metallurg» jamoasidan Ibrohim Turg'unboev va Hazrat Tursunqulov, o'tgan mavsumda «Bunyodkor» jamoasida to'p surgan Kamron Najafaliev, «Lokomotiv» jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Kamron Saidazimov, «Dinamo» jamoasidan Mirkomil Lokaev, «Oqtepa» jamoasidan Sunnat Mamadaliev va o'tgan mavsumda andijonliklar sharafini himoya qilgan Usmonali Ismonaliev, Farhod Sohibjonov, Doniyor Abdumannopov, Baxtiyor Qosimov, Muhammadkarim Toirov, Jamshid Homidov va bir qator yosh futbolchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.

Bosh sahifaga
228