«Bunyodkor» darvozaboni «Lokomotiv» bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

«Bunyodkor» klubining 26 yoshli darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov «Lokomotiv» PFK bilan shartnoma imzoladi.
O'tgan ikki yilni «qaldirg'ochlar» tarkibida o'tkazgan iqtidorli posbon ushbu mavsumdan boshlab «temiryo'lchilar» darvozasini qo'riqlaydi.
Ma'lumot uchun, Abdumavlon Abdujalilov 1994 yil 22 dekabrda tug'ilgan. O'zbekiston chempionatidagi ilk mavusumini 2016 yil «Neftchi»da o'tkazgan. 2016-2018 yillar mobaynida «Neftchi» darvozasi qo'riqlagan Abdujalilov «Bunyodkor»ga yo'l olib, ikki mavsum davomida ushbu jamoada to'p tepdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229