Mourino: "Marin" futbolchilari qayd etilgan natijadan uyalmasliklari kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Kubogi doirasida «Marin» (5:0) jamoasi ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men uzoq vaqtdan beri Angliya ishlab kelyapman, lekin bunday saviyadagi jamoaga qarshi hech qachon to'qnash kelmaganman. Men Angliyalik emasman, lekin bu uchrashuv raqib va uning muxlislari uchun muhim ahamiyat kasb etishini tushunaman, shu sababli men bu erda yaxshi tarkibni olib keldim, bu natija uchun emas, balki musobaqaning hurmati yuzasidan shunday qarorga keldim.
O'ylaymanki, «Marin» futbolchilari Beyl va Dembelelarga qarshi to'p surib ajoyib his-tuyg'uni boshlaridan o'tkazishdi. Ular kurashishdi, bu natijadan raqib futbolchilari uyalmasliklari kerak, shu sababli bugun barcha o'z uyiga xursand holda qaytdi», - dedi Mourino BBC bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
219