Mourino: "Agar Alli asosiy tarkibda maydonga tushsa hayron bo'lmang"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa futbolchisi Dele Allining Angliya Kubogi 1/32 final doirasida «Marin» (5:0) jamoasiga qarshi uchrashuvda ko'rsatgan o'yiniga baho berdi.
«Uning bugungi ko'rsatgan o'yini menga juda yoqdi. Albatta, bir nechta vaziyatlarda u biroz ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. Bunday maydonda futbolchilar o'z ijodlarini maksimal darajada ko'rsata olishmaydi. Alli va Jedson bugun ajoyib dinamikani namoyish etishdi.
Albatta, bu bahs Allining darajasi to'g'risida xulosa chiqarish uchun mos kelmaydi, lekin uning o'yinga bo'lgan munosabati meni quvontirdi, shunday ekan, agar Dele jamoaning yaqin o'yinlarida asosiy tarkibda maydonga tushsa hayron bo'lmang», - dedi Mourino BBC bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
217